iPhone mini ortidan Apple yana bir modeldan voz kechadi

iPhone mini ortidan Apple yana bir modeldan voz kechadi

Apple har ikki yilda o‘zining eng arzon smartfonini yangilab turadi. Oxirgi iPhone SE modeli 2022 yilda taqdim etilganini hisobga olsak, uning yangi avlodi 2024 yilda sotuvga chiqadi. Biroq mashhur tahlilchi Ming-Chi Kuo iPhone SE modeli endi ishlab chiqarilmasligini aytmoqda.

Avvalroq Kuo to‘rttinchi avlod iPhone SE modelini ishlab chiqarish kechiktirilishi yoki umuman bekor qilinishini aytgan edi. Endi esa tahlilchi qurilma ishlab chiqarilmasligiga ishonchi komil. 

Kuoning aytishicha, Apple o‘zining birinchi 5G modemini aynan to‘rtinchi avlod iPhone SE modeliga o‘rnatmoqchi edi. Ushbu qurilmani ishlab chiqarishdan voz kechilgandan so‘ng, Apple yana Qualcomm kompaniyasining 5G modemlari yordamiga tayanadi. 

Tahlilchi Apple o‘zining 5G modemini iPhone 16 seriyasi taqdim etilishidan oldin uni iPhone SE 4 modelida sinab ko‘rmoqchi ekanligini aytdi. 

Uchinchi avlod iPhone SE o‘tgan yilning mart oyida taqdim etilgan bo‘lib, unga 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Snapdragon X57 modemi o‘rnatilgan edi. 2023 yilda taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 15 seriyasi esa Snapdragon X70 modemiga ega bo‘ladi.

O‘QING: 2023 yildagi ilk Galaxy A smartfoni taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.