iPhone’ni yangilamay turing – u «g‘isht»ga aylanishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1850
  •  24.12.2018 18:01

iPhone’ni yangilamay turing – u «g‘isht»ga aylanishi mumkin!

Ba’zida operatsion tizim yangilanishlari bilan smartfonlarda ayrim mayda nuqsonlar uchrab turadi. Ammo iOS 12.1.2 tizim talqini millionlab iPhone egalarini aloqadan butkul mahrum qilib qo‘yaqoldi.

O‘QING: Xiaomi smartfoni ishlatasizmi? Yangilamay turing, jiddiy gap bor!

Bu gal biror hududdagi emas, balki butun dunyodagi ayfon egalaridan shikoyatlar kelib tushmoqda. Ular ma’lumot uzatish mobil servislarining ishlamay qolishidan nolishmoqda.

Aytish kerakki, iOS  tizimining bundan olingi talqini tufayli ayrim hududlardagi iPhone XR, iPhone XS hamda iPhone XS Max modellarida uyali aloqada nosozliklar kelib chiqqandi. iOS 12.1.2 versiyasi esa aynan shularni bartaraf etish uchun taqdim qilingan bo‘lsa-da, u butun dunyo bo‘ylab barcha modellardagi ayfonlarga yangi muammolar olib keldi.

Apple smartfonlari egalari Tvitterni shikoyatlar bilan to‘ldirib tashlashgan. Ularning yozishlaricha, yangilangan iPhone’lar o‘chirib-yoqilganidan so‘ng faollashmay qolmoqda. Shuningdek, ko‘p hollarda Wi-Fi bilan bog‘liq nosozliklar ham kelib chiqayotir.

Shu bois o‘quvchilarimizga tavsiyamiz: toki bundan keyingi apdeyt chiqquniga qadar ayfoningizni yangilamay turing.

O‘QING: Hatto Apple’ning o‘z xodimlari ham iPhone emas, balki Android-smartfon ishlatishi fosh bo‘ldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!