iPhone’ ning 2019 yilgi kameralari nimalarga qodir?!

  •   Saroy
  •  984
  •  30.05.2018 16:49

iPhone’ ning 2019 yilgi  kameralari nimalarga qodir?!

Uzunquloq gaplarga qaraganda, iPhone’ning 2019 yilgi modellari  uch ob’yektli kamera bilan jihozlanar ekan, shuningdek, 3D-suratga olish va uchkarrali optik zum o‘rnatilishi ham mumkin. Tayvanda chiqadigan  Economic Daily News gazetasi yaqinda ana shu haqda ma’lum qildi

 iPhone’ning uch kamera bilan chiqishi haqida ilk bor o‘tgan yilning noyabr oyida Bloomberg  jurnalistlari yozishgan edi. Yangi qurilma Apple’ga  Huawei bilan samarali raqobat qilish imkonini berishi kutilyapti.

O‘QING: Apple o‘z saytida foydalanuvchilar haqida ma’lumotlar bo‘limini ishga tushirdi

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, qo‘shimcha kamera moduli iPhone’ dagi foto va videosuratlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Buning evaziga smartfon nafaqat tasvir sifatini buzmagan holda uning hajmini kattartiradi yoki  stereoskopik roliklarni yoza oladi, balki  shtat funksiyasi yordamida suratni uzoq muddatda saqlaydigan ham qiladi.

Shu bilan birga, soha kashfiyotchisi bo‘lgan Huawei P20 Pro bilan jihozlangan har bir kamera moduli turli formatga ega, Apple ularni 12 Mp darajasida saqlaydi. Kompaniya rasmiy vakilining aytishicha, asosiy e’tibor qurilmaning megapikselini kengaytirish emas, balki dasturiy qismlarining imkoniyatlarini oshirishga qaratilmoqda.

O‘QING: iPhone egalari bir necha yildan beri kutayotgan imkoniyatlar keyingi haftadayoq iOS 12’da taqdim etiladi!