iPhone’ning yaratilish tarixi ma’lum bo‘ldi

iPhone’ning yaratilish tarixi ma’lum bo‘ldi

Ideal smartfon deganda negadir ko‘pchilik Apple korporatsiyasining iPhone flagmanini ko‘z oldiga keltiradi. Ayfon jahonning eng ko‘p sotiladigan smartfon modellari qatoriga kiradi. Shu bilan birga, bu smartfon uchun 2 hissa ko‘proq pul to‘lashga to‘g‘ri keladi.

iPhone smartfoni konsepsiyasi va dizaynini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan Toni Fadellaning ma’lum qilishicha, Apple kompaniyasi Stiv Jobs boshchiligida boshqa ishlab chiqaruvchilarning 100 lab smartfon modellarining, pleyer, kamera kabi elektronika vositalarining faoliyatini, ichki tuzilish va dasturiy ta’minotlarini ikir-chikirigacha o‘rganib chiqqan. Top-menejer Wired nashri bilan suhbatda «Olma»ning ilk smartfoni qay tarzda dunyoga kelgani to‘g‘risida qiziqarli dalillarni aytib berdi.

«Xabaringiz bo‘lsa kerak, o‘sha paytlarda 2006 yilda taqdim qilingan LG Prada sensor telefoni ommalashgan edi. Va ko‘pchilik ekspertlar Apple’ni ayfon dizayni va ishlash konsepsiyasini aynan ana shu smartfondan o‘g‘irlaganlikda ayblangan edi. Hatto, o‘sha yili LG Mobile Handset R&D Center kompaniyasi vakillari Apple kompaniya g‘oyasini o‘g‘irlaganini rasman e’lon ham qilgan edi. Bunga qanday qaraysiz?»

Fadell jurnalistning bu savoliga nisbatan bu smartfon haqida eshitganini tasdiqlab, bu Apple diqqat bilan o‘rganib chiqqan yuzlab telefonlardan biri bo‘lganini aytdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya yuzlab turli elektronika vositalarining faoliyatini ham o‘rganib chiqqan.

Intervyuda dizayner Motorola kompaniyasi bilan o‘sha kezlardagi hamkorlikni ham esga olgan. Xususan, 2005 yilda taqdim qilingan Motorola Rokr telefoniga tatbiq qilingan iTunes xizmatining o‘sha vaqt uchun chinakam innovatsiya bo‘lganini aytgan.

Ahamiyatli jihati shundaki, bu ikkala kompaniya hamkorligi bundan 20 yil avval boshlangan bo‘lgan. Apple o‘zining Lisa kompyuterlari uchun Motorola’dan protsessorlar xarid qilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.