iPhone Photography Awards: ayfonda olingan eng yaxshi suratlar taqdirlandi

iPhone Photography Awards: ayfonda olingan eng yaxshi suratlar taqdirlandi

2007 yildan boshlab havaskor va professional fotograflar o‘rtasida iPhone Photography Awards, ya’ni iPhone smartfonida olingan yaxshi fotosuratlar o‘rtasidagi tanlov o‘tkazib kelinadi.

27 iyunda tanlovning 2017 yilgi g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlovning 10 yillik yubileyi munosabati bilan Nyu-Yorkda 140 nafar eng yaxshi fotosuratlar mualliflari taqdirlandilar. Bu yil tanlovda ishtirok etish uchun mingdan ziyod nomzodlar ishtirok etishdi.

Quyida ularning ichidan eng saralarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Sebastiano Tomada - 2017 IPPAWARDS Grand Prize Winner

Sebastiano Tomada: Iroqdagi bolalar (iPhone 6s)

Brendan O Se -  2017 IPPAWARDS 1st Place Winner

Brendan O Se: “Kema xizmatchisi” (iPhone 6s)

YK Yeo  -  2017 IPPAWARDS 2nd Place Winner

Yeow-Kwang Yeo: “San’atkor” (iPhone 6 Plus)

“Turmush tarzi”

Nomzodlar ayfonlarida olingan suratlarni tanlovga taqdim chog‘ida har bir suratga $3.50 dollardan to‘lashlari kerak bo‘ladi. Nomzodlar orasidan 3 nafar g‘olib pul mukofoti bilan taqdirlanadi.