iPhone reklamasida Apple Android tizimini masxaraladi [қисқа видео]

iPhone reklamasida Apple Android tizimini masxaraladi [қисқа видео]

Jahondagi smartfonlarning 99.6 foizi Android va iOS mobil operatsion tizimlarida ishlaydi. 2016 yilda jahon bo‘ylab 308.5 mln dona Android, 215 mln dona iPhone smartfonlari sotilgan. Sayyoramizda 1.4 mlrd nafar Android, 505 million nafar iOS foydalanuvchisi bor. So‘nggi vaqtlarda Apple iOS’ning afzalliklariga bag‘ishlangan reklamalar orqali iPhone savdosini yaxshilashga urinmoqda.

Apple korporatsiyasi iPhone smartfoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan bir turkum yangi reklama kampaniyasiga start berdi. Jumladan, reklamalarda anonim ravishda Android operatsion tizimi ustidan masxara qilinadi va uning foydalanuvchilari iPhone smartfoniga o‘tishi kerakligigi tasvirlar orqali ishora qilinmoqda. Jami 15 sekundlik 5 ta shunday videorolikda iPhone’ning Android’dan ustun jihatlari namoyish qilingan. Jumladan, har bir qisqa videorolikda kompaniya o‘zining smartfonining tezkor ishlashi, kamera sifati, xavfsizlik va iOS’ga xos boshqa jihatlarga urg‘u qaratgan.

Shuningdek, kompaniya apple.com/switch domenidagi saytini ham yangilab, “iPhone’da hayoting yanada qulay. Sen uni yoqsang bo‘ldi”, shiori ostida iPhone’ning o‘ziga xosliklarini ko‘z-ko‘z qilib, Android foydalanuvchilarni o‘ziga jalyu qilishga uringan.

Apple reklama roliklari jahonning yirik telekanallarida, shuningdek nufuzli sport anjumanlarida muntazam namoyish qilinadi.

Apple videoda, shuningdek “Move to iOS” (iOS’ga o‘tish) ilovasini ham reklama qilib, Android’dagi smartfonida ham iOS tizimini foydalanishi mumkinligiga ishora qiladi.

iPhone’ga o‘tish osonmi?

Ha, oson! Misol uchun, smartfondagi kontentni alohida saqlab qo‘yish talab etilmaydi. Google Play Store’dan “Move to iOS” ilovasi yuklab olinadi. Bu ilova avvalgi barcha fotosurat, video, kontaktlar, kalendar, pochta akkaunt, xatlar tarixi kabi muhim ma’lumotlarni avtomatik ravishda yangi tizimga o‘tkazadi.

Quyida Apple’ning yangi qisqa promo-videolarini tomosha qiling:

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!