iPhone savdosi Apple'ga bozordagi nufuzini qaytaradimi?

iPhone savdosi Apple'ga bozordagi nufuzini qaytaradimi?

Tayvanning TrendForce tadqiqot kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2017 yilning to‘rtinchi choragida Apple raqibi Samsung'ga qaraganda ko‘proq smartfon sotishga muvaffaq bo‘ladi.

TrendForce tahlillariga ko‘ra, yilning so‘nggi choragida smartfon bozorida sotiladigan jami smartfonlardagi iPhone ulushi 19,1% ga oshadi. Samsung bu chorakda bozorda sotilgan 18,2% "aqlli telefon"larga egalik qiladi. Shuningdek, yetakchi beshlikdan Xitoyning Huawei, OPPO hamda Xiaomi smartfon brendlari o‘rin egallaydi.

Jumladan, jahon bozorida sotilgan smartfonlarning 10 foizidan oshig‘iga Huawei, 7 foiziga OPPO hamda 6 foizidan ziyodiga Xiaomi egalik qilishi kutilmoqda.

Samsung to‘rtinchi chorakda iPhone X bilan raqobatda g‘olib kelish uchun asosiy e’tiborini flagman smartfonlarini ishlab chiqarishga qaratadi. TrendForce'ga ko‘ra, Samsung mazkur chorakda 77 mln dona smartfon sotadi. Bu esa 3-chorakdagi savdodan 5% ga kam degani.

Natijalar o‘zini oqlaydigan bo‘lsa, Apple yilni taassurotli muvaffaqiyat bilan yakunlaydi. Samsung asosan o‘rta va hamyonbop narxli smartfonlar sotishsa, Apple kompaniyasi iPhone 8, 8 Plus hamda "X" modellaridan katta foyda oladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!