iPhone savdosi yana tushmoqda

iPhone savdosi yana tushmoqda

Apple kompaniyasi hisobotlarida yozilishicha, ikkinchi kvartaldagi iPhone savdosi ko‘rsatkichlari yana pasaymoqda. Bu haqida Reuters xabar berdi.

Biroq bu pasayish kutilganidan 15 foizga kamroq.

Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 40,4 mln dona smartfon sotgan. Tahlilchilar esa bu vaqtda savdoning umumiy hajmi taxminan 40,02 mln donani tashkil etishi mumkin, deb bashorat qilgandi.

Apple kompaniyasining 3 oylik sof daromadi 27 foizga tushib ketdi. Bu pul qiymatida $7,8 mlrd.ga teng. Daromad miqdori esa $42,36 mlrd.ni tashkil etdi.

Kompaniyaning Xitoy bozoridagi savdo ko‘rsatkichlari ham keskin tushmoqda. Uchinchi kvartalda pasayish ko‘rsatkichi 33,1 foizga yetgan.