iPhone SE 2 butkul armonga aylandi, endi iPhone SE olishga ulgurib qoling!

  •   DiMaX
  •  2480
  •  22.10.2018 15:56

iPhone SE 2 butkul armonga aylandi, endi iPhone SE olishga ulgurib qoling!

Apple korporatsiyasi 2016 yildagi bahorgi ko‘rgazmasida iPhone SE smartfonini ilk bor ommaga ko‘rsatgan edi. Uning ikkinchi avlodi ham chiqarilishi borasida turli xabarlar, hatto «jonli» suratlari va videolarigacha tarqalgan edi, ammo Apple’ning yozgi tadbirida ularning bari bekor gap bo‘lib chiqdi. Lekin yaqindagina chiqqan xabar yana ko‘pchilikda uyg‘otdi.

O‘QING: Apple shu oyda yana ikkita hamyonbop ayfon chiqaradi, ulardan biri iPhone SE 2 bo‘lishi mumkin!

Forbes nashrining ishonchli manbalarga tayangan holda yozishicha, iPhone SE 2 modelini endi kutishdan foyda yo‘q. Apple uning o‘rniga 2019 yilda taqdim etiladigan flagman ayfonlarga e’tiborini qaratgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi avlod iPhone’larda jiddiy o‘zgarish bo‘lmaydi va ushbu turkumga uchta modeldagi smartfon kiradi:

  1. Diagonaliga 5,8 dyuymlik OLED-ekranli iPhone;
  2. Diagonaliga 6,5 dyuymlik OLED-displeyli iPhone;
  3. Diagonaliga 6,1 dyuymlik LCD-matritsali iPhone.

Shu tariqa, iPhone SE modeli kupertinolik texnogigantning eng ixcham va hamyonbop bo‘lgan yagona smartfoni bo‘lib qolaveradi. Lekin shunisi ham borki, Apple allaqachon o‘zining rasmiy onlayn do‘konida mazkur ixcham ayfonning savdosini allaqachon to‘xtatgan.

Shunday ekan, qoyilmaqom dizaynga, ixcham, mustahkam va qulay korpusga ega ayfon xarid qilish niyatida bo‘lganlar tugab ketmasidan avval iPhone SE rusumli smartfondan olishga ulgurishlari lozim. Masalan, bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda uning eng ommabop – kul rang korpusga ega talqini 2 899 000 so‘mdan olish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Bunda uydan yoki ofisdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berishingiz, xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib berilishi, pulini esa tovarni qo‘lingizga olganingizda to‘lashingiz ham mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ma’qul tushadi.

O‘QING: Chegirmali iPhone Xs, Xs Max va boshqa ayfonlarni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 9 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.