iPhone SE 2 (iPhone 9) taqdim etiladigan va sotuvga chiqadigan aniq kunlarni aytishdi!

  •   DiMaX
  •  2117
  •  18.02.2020 10:43

iPhone SE 2 (iPhone 9) taqdim etiladigan va sotuvga chiqadigan aniq kunlarni aytishdi!

Apple ixlosmandlari kutayotgan iPhone SE 2 smartfonining iPhone 9 nomi bilan chiqishi ma’lum. Yaqinda g‘ilofsoz kompaniya uning tashqi ko‘rinishini «sotib» qo‘ygan, biz esa ushbu ayfonning qoyilmaqom reklama roligini e’lon qilgan edik.

O‘QING: Apple rasmiy saytida hali taqdim etilmagan, kemtiksiz iPhone «qo‘lga tushdi»!

Germaniyaning iphone-ticker nashri kuni kecha e’lon qilgan xabarga ko‘ra, Apple hamyonbop iPhone SE 2 smartfonining rasmiy namoyishini 31 mart kuni o‘tkazmoqchi. Jurnalistlar bu haqda kupertinolik korporatsiyaning rejalari bilan tanish bo‘lgan manbadan ma’lumot olishganini ta’kidlashmoqda.

Bundan tashqari, taqdimotdan so‘ng muxlislar iPhone SE 2 (yoki iPhone 9) smartfonini ko‘p ham uzoq kutishmaydi: Apple uning savdosini 3 apreldanoq boshlaydi. Avval tarqalgan gap-so‘zlarga qaraganda, uning narxi 400 AQSh dollari atrofida bo‘lishi kerak.

O‘QING: Galaxy S20 va iPhone 9 allaqachon sotuvda, sovg‘asiga – Galaxy Buds+ va AirPods!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!