iPhone SE 2 «jonli» videoda ko‘rsatildi: feykmi yoki haqiqiy?

  •   DiMaX
  •  2741
  •  16.03.2018 15:16

iPhone SE 2 «jonli» videoda ko‘rsatildi: feykmi yoki haqiqiy?

Apple korporatsiyasi joriy yilda iPhone SE smartfonining ikkinchi avlodini taqdim etishi haqida mish-mishlar chiqqaniga ancha bo‘lgan. Yangi modelning jonli rasmi, konsept suratlari va hatto videosi ham e’lon qilingan.

O‘QING: Apple mart oyidayoq iPhone SE (2018) modelini chiqarmoqchi (+video)

Yaponiyaning Macotakara sayti kuni kecha qisqa bir videolavhaga e’tibor qaratdi – manbaga ko‘ra, unda xuddi shu iPhone SE (2018) (yoki iPhone SE 2) modeli aks etgan. Bu rolik aslida ilk bor bundan bir necha kun avval Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan va minglab foydalanuvchilar tomonidan tomosha qilingan.

Videorolikda ko‘rsatilgan iPhone SE 2 displeyi iPhone X superflagmani dizaynida: uning tepa qismidagi «kemtik»da Face ID va boshqa datchiklar o‘rnatilgan. Smartfon orqa qopqog‘ining yuqori chap burchagidagi qo‘shaloq kamera ham yubiley ayfonidagi singari tikka joylashgan. Qurilmaning korpusi o‘tkir metall qirralari bilan birinchi avlod iPhone SE smartfoniga juda o‘xshash.

Mana, uni birga tomosha qilamiz:

O‘QING: Barcha iPhone modellari bitta rasmda – eng chiroylisi aniqlandi!

Ushbu videorolikda aks etgan smartfon chindanam hali e’lon qilinmagan iPhone SE (2018) modelimi, yoki navbatdagi iPhone X klonimi – buni aniqlashning imkoni yo‘q.

Lekin kupertinoliklar ommabop ixcham ayfonning ikkinchi avlodini chindanam chiqarishmoqchi ekanini ko‘plab nufuzli tahlilchi kompaniyalar, jumladan, KGI Securities ham e’tirof etgan.

Apple iPhone SE 2 (2018) taqdimoti joriy yilning birinchi yarmida bo‘lishini prognoz qilishgan, ammo bu ayfonning xususiyatlari va dizayni borasida tarqalgan ma’lumotlar turlicha.

O‘QING: Apple iPhone SE 2 (2018): eng so‘nggi ishonchli tafsilotlar