iPhone SE 2 yanvardanoq ishlab chiqariladi, iPhone 8 arzonlashadi!

  •   DiMaX
  •  2330
  •  23.10.2019 11:40

iPhone SE 2 yanvardanoq ishlab chiqariladi, iPhone 8 arzonlashadi!

Kupertinolik korporatsiyaning iPhone SE rusumli ixcham flagmani jahon jamoatchiligi tomonidan yaxshi kutib olingan bo‘lsa-da, keyingi modellarning sotilishi uchun Apple uni to‘xtatgan. Endi esa ko‘pchilik uning ikkinchi avlodi – iPhone SE 2 namoyishini kutmoqda.

O‘QING: DEYaRLI RASMAN: iPhone SE 2 taqdimotga tayyor, tag‘in arzon narxda chiqadi!

Ushbu modelning 2020 yil birinchi yarmida taqdim etilishi ehtimoli tobora oshib bormoqda. Tianfeng Securities kompaniyasining taniqli tahlilchisi Go Minxao (Guo Minghao) esa uning kelasi yil yanvardanoq ishlab chiqarilishga joriy etilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, mazkur mutaxassis o‘z manbalariga tayanib aytishicha, iPhone SE 2 do‘konlar peshtaxtalariga 2020 yil mart oyining oxirida chiqariladi. Apple narxi 399 dollardan boshlanadigan ushbu smartfondan to kelasi yil oxirigacha 30 milliontadan oshiq sotishni ko‘zlamoqda.

O‘QING: iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!

Original iPhone SE modelining dizayni o‘z vaqtida iPhone 5S smartfonidan olingan edi, izdoshining tashqi ko‘rinishi esa iPhone 8 uslubida bo‘ladi. Biroq uning «ichki dunyosi» ancha ilg‘or: apparat ta’minoti asosini bu yilgi iPhone 11 modellarida qo‘llangan Apple A13 Bionic protsessori tashkil etadi.

Shuningdek, yangi ayfon diagonaliga 4,7 dyuymlik, tasvir aniqligi 1334x750 piksellik suyuq kristalli displey bilan jihozlanadi. Kupertinoliklar uni tezkor/ichki xotirasi 3/64 hamda 3/128 gigabaytlik talqinlarda, kumushrang, qizil va kul rang korpuslarda taklif etishmoqchi.

iPhone SE 2 bozorga chiqqanidan so‘ng iPhone 8 modelining ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi, deyishmoqda kuzatuvchilar. Bunda shu paytgacha do‘konlarga tarqatib bo‘lingan sakkizinchi avlod ayfonlarining ham arzonlashuvi kutilmoqda.

O‘QING: RASMAN: 3 noyabrda ayrim iPhone va iPad’larda sana, GPS va Wi-Fi orqali yangilanish buziladi, hoziroq buning oldini oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!