iPhone SE 2 (yoki iPhone 9) tashqi ko‘rinishini g‘ilofsoz kompaniya «sotib» qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  2348
  •  11.02.2020 18:04

iPhone SE 2 (yoki iPhone 9) tashqi ko‘rinishini g‘ilofsoz kompaniya «sotib» qo‘ydi!

Kupertinolik korporatsiya ko‘pchilik kutayotgan iPhone SE 2 smartfonini iPhone 9 nomi bilan chiqarishi ma’lum. Avvalroq biz uning qoyilmaqom reklama roligini e’lon qilgan edik.

O‘QING: iPhone SE 2’ni kutyapsizmi? Xushxabarni qarshi oling!

Garchi hali Apple ushbu hamyonbop ayfonini rasman tasdiqlamagan ham bo‘lsa-da, smartfonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Totallee kompaniyasi allaqachon uning uchun himoya g‘iloflarini sota boshladi. Qizig‘i shundaki, Totallee bu model nomini iPhone 9 emas, balki iPhone SE 2 deb ko‘rsatmoqda!

Alibaba va Amazon kabi nufuzli onlayn do‘konlarda e’lon qilingan rasmlarga ko‘ra, yangi smartfonning tashqi qiyofasi iPhone 8 modeliga o‘xshash.

O‘QING: Galaxy S20 va iPhone 9 allaqachon sotuvda, sovg‘asiga – Galaxy Buds+ va AirPods!

G‘ilofsoz kompaniya iPhone SE 2 uchun qora, oq va shaffof g‘iloflarni sotyapti, ularning narxi bir xilda – 35 AQSh dollariga teng.

Taxminlarga ko‘ra, iPhone 9 mart oyining o‘rtalarida namoyish etilishi kerak.

O‘QING: «Beli baquvvat» iPhone SE 2’ni videoda batafsil ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!