iPhone SE 2020 – bo‘lajak xitni birinchi rasmiy suratda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  2358
  •  04.04.2020 14:31

iPhone SE 2020 – bo‘lajak xitni birinchi rasmiy suratda ko‘ring!

Apple korporatsiyasi iPhone SE hamyonbop smartfonining davomchisini iPhone SE 2 yoki iPhone 9 nomi ostida chiqarishi kutilayotgandi. Ammo kecha rasmiy saytda uning iPhone SE ekanligini ko‘rsatgan – mazkur qurilma iPhone SE 2020 deb ataladi.

O‘QING: Nihoyat, Apple rasmiy saytiga iPhone 9 chiqdi: kutilganidan ancha qimmat!

iPhone SE 2020 keyingi haftada taqdim etilishi kutilmoqda, lekin sanasi aniq emas – taxminan 15 aprel kuni, deyishyapti. Apple rasmiy saytining Germaniya variantida esa uning birinchi surati paydo bo‘ldi:

Agarda kutilayotgan ayfon dizayni sizga tanish tuyulsa – ajablanmang: iPhone SE 2020 qiyofasi chindan ham iPhone 8 modeliga o‘xshaydi. Ularning tashqi ko‘rinishi o‘xshash bo‘lsa-da, yangi smartfonning texnik xususiyatlari unikidan ilg‘or. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: iPhone SE 2 yolg‘iz emas – hamyonbop iPhone 9 Plus ham chiqadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!