iPhone SE 2020 – eng arzon ayfonning ilk videotavsiflari!

  •   DiMaX
  •  3311
  •  23.04.2020 10:49

iPhone SE 2020 – eng arzon ayfonning ilk videotavsiflari!

Apple yaqinda namoyish qilgan ixcham smartfon – iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) modeli 24 apreldan savdoga chiqyapti. Ammo ayrim jurnalistlar va blogerlar allaqachon undan olib, dastlabki tavsiflarni e’lon qilishmoqda.

O‘QING: iPhone SE (2020), iPhone SE, iPhone 11, iPhone XR va iPhone 8'larni bitta joyda taqqoslaymiz

Umuman olganda, barcha tavsiflarda aytilgan xulosa: bu – hamyonbop «blokbaster». iPhone SE 2020 asosiy afzalligi – qulay narx evaziga flagmancha samaradorlikdagi smartfon ekanligidir.

Tezkorligidan tashqari, tavsifchilar uning avtonom ishlash vaqti hamda kamerasi narxiga nisbatan yaxshi ekanini ta’kidlashgan.

O‘QING: iPhone SE'ning tezkor xotirasi va akkumulyator sig‘imi qancha?

Kamchiliklaridan esa eski urfdagi dizayni hamda ekrani kichkinaligini aytishgan.

2020 yilgi iPhone SE apparat ta’minoti asosida iPhone 11 Pro flagmanlarida qo‘llangan A13 Bionic protsessori yotadi.

AQShda bu ayfon narxi 399 dollardan boshlanadi.

O‘QING: Ishonmaysiz, lekin bu iPhone’ning yap-yangisini atigi 25 dollardan sotishyapti!

The Verge taqdim etgan videotavsif muallifi yana 50 dollarni ayamasdan, 128 GB ichki xotirali variantidan olishni tavsiya etgan.

O‘zbekiston bozoriga yetib kelganida narxlaridan boxabar qilamiz, bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Uzoq kutilgan iPhone SE 2020 haqidagi aniq 7 fakt

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.