iPhone SE 2020 (iPhone 9 yoki iPhone SE 2) allaqachon do‘konga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2922
  •  06.04.2020 12:58

iPhone SE 2020 (iPhone 9 yoki iPhone SE 2) allaqachon do‘konga chiqdi!

Shu kunlarda butun dunyoda intiqlik bilan kutilayotgan smartfonlardan biri – Apple korporatsiyasining iPhone SE hamyonbop modeli davomchisidir. Uning iPhone SE 2 nomi ostida chiqishi aytilayotgandi, ammo kompaniya o‘zining Xitoydagi rasmiy saytida iPhone 9 nomi bilan, narxini ham ko‘rsatgan edi. Lekin...

O‘QING: Apple sayti tasdiqladi: iPhone SE ham, iPhone 9 ham emas, balki...

Kuni kecha Apple ushbu qurilmasining birinchi rasmiy suratini o‘zining Germaniyadagi saytiga chiqargan. Endi esa bu ayfon Xitoydagi eng yirik onlayn do‘kon – JD.com platformasida paydo bo‘ldi. Biroq bu gal mazkur smartfon yana iPhone 9 nomi ostida ko‘rsatilgan:

Onlayn do‘kondagi ma’lumotga ko‘ra, iPhone SE 2020 savdosi 1 maydan 10 maygacha bo‘lgan muddatda boshlanadi. Bu esa uning rasmiy taqdimoti 15 aprelda bo‘lib o‘tishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamoqda.

Ushbu smartfonning tashqi qiyofasi iPhone 8 modeliga o‘xshash, lekin unda iPhone 11 flagmanlaridagi Apple A13 protsessori qo‘llanmoqda. JD.com do‘koni ham uning boshlang‘ich konfiguratsiyadagi versiyasi 400 dollardan boshlanishini aytmoqda.

O‘QING: JIDDIY JANG: Snapdragon 865 vs Apple A13 Bionic! (+«jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.