iPhone SE (2020), iPhone SE, iPhone 11, iPhone XR va iPhone 8'larni bitta joyda taqqoslaymiz

iPhone SE (2020), iPhone SE, iPhone 11, iPhone XR va iPhone 8'larni bitta joyda taqqoslaymiz

Eng boy brendlardan bo‘lgan Apple'ning hajman kichik smartfonlariga qiziquvchilar yangi iPhone SE'ni xarid qilish haqida o‘ylab ko‘rishlarini maslahat beramiz. Narxi 399 AQSH dollaridan boshlanuvchi yangi smartfon kompaniyaning byudjet mobillari qatoriga kirish bilan birga, Apple'ning eng arzon smartfoni hamdir.

Qurilmalariga arzon narx qo‘yish bilan kompaniya 1 000 yoki 700 dollarlik iPhone 11 Pro yoki iPhone 11 xarid qilishni xohlamaydiganlarni o‘ziga jalb qilmoqchi. Quyida iPhone SE'ni boshqa iPhone'lar bilan texnik jihatdan taqqoslab ko‘ramiz.

Yangi avlod iPhone SE bir necha yil oldin chiqqan iPhone SE'ning ko‘p jihatlarini saqlab qolgan. Bular qatoriga uy tugmasi va qurilmaning kichik hajmi kiradi. 4.7 diagonal ekranli yangi iPhone SE 4 dyuym displeyga ega bo‘lgan ilk iPhone SE'dan biroz katta bo‘lsa-da, bugungi kun standardlariga ko‘ra, hajman baribir kichkina.

2016-yil chiqqan iPhone SE o‘z davrining flagmani iPhone 6S kabi A9 protsessorida ishlagan. Keling, quyida bu tafovutlarning barchasini jadval ko‘rinishida ko‘rib chiqamiz.

  Apple iPhone SE 2020 Apple iPhone SE Apple iPhone 8 Apple iPhone XR Apple iPhone 11
Ekran hajmi, rezolyusiyasi 4.7 dyuym Retina HD; 1,334x750 piksel 4 dyuym; 1,136x640 piksel 4.7 dyuym; 1,334x750 piksel 6.1 dyuym LCD Retina Display; 1,792x828 piksel 6.1 dyuym LCD Liquid Retina; 1,792x828 piksel
Piksel zichligi 326 piksel/dyuym 326 piksel/dyuym 326 piksel/dyuym 326 piksel/dyuym 326 piksel/dyuym
O‘lchamlari (millimetrda) 138 x 67 x 7.3  123 x 58 x 7.6 138 x 67 x 7.3 150 x 76 x 8.38 151 x 76 x 8.3
Og‘irligi (grammda) 148 113 148 194 194
Operatsion tizimi iOS 13 iOS 9.3 iOS 11 iOS 12 iOS 13
Kamera 12 megapiksel 12 megapiksel 12 megapiksel 12 megapiksel 12 megapiksel, (keng), 12 megapiksel (ultra-keng)
Old kamera 7 megapiksel 1.2 megapiksel 7 megapiksel 7 megapiksel 12 megapiksel
Video yozuv 4K 4K 4K 4K 4K
Protsessor Apple A13 Bionic Apple A9 Apple A11 Bionic Apple A12 Bionic Apple A13 Bionic
Doimiy xotira 64GB, 128GB, 256GB 16GB, 64GB 64GB, 256GB 64GB, 128GB, 256GB 64GB, 128GB, 256GB
Operativ xotira rasmiy ma’lumot berilmagan rasmiy ma’lumot berilmagan rasmiy ma’lumot berilmagan rasmiy ma’lumot berilmagan rasmiy ma’lumot berilmagan
Tashqi xotira uyasi mavjud emas mavjud emas mavjud emas mavjud emas mavjud emas
Quvvatlagich porti Lightning Lightning Lightning Lightning Lightning
 Audio jek mavjud emas mavjud mavjud emas mavjud emas mavjud emas
Narxi* $399 (64GB), $449 (128GB), $549 (256GB) $399 (16GB); $499 (64GB) $699 (64GB), $849 (256GB) $599 (64GB), $649 (128GB) $699 (64GB), $749 (128GB), $849 (256GB)

*Jadvalda taqdimotda e’lon qilingan narxlar ko‘rsatilgan.

O‘QING: Apple flagman smartfon narxida... kompyuter g‘ildiragi chiqardi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.