iPhone SE 2020 kuchliroqmi yoki 2018 yilgi iPhone XS? «Jonli» testda taqqoslaymiz!

  •   DiMaX
  •  2782
  •  04.05.2020 16:23

iPhone SE 2020 kuchliroqmi yoki 2018 yilgi iPhone XS? «Jonli» testda taqqoslaymiz!

Apple bosh direktorining fikricha, iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) modeliga birorta ham «yashil robotchali» smartfon bas kela olmaydi. Xo‘sh, kupertinoliklarning boshqa ayfonlariga solishtirganda, ikkinchi avlod iPhone SE qanaqa ko‘rsatkichlar namoyon etadi?

O‘QING: iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Yangi ayfon eng tezkor mobil protsessor – A13 Bionic bazasida ishlaydi. Simple Alpaca nikli YouTube-bloger uning ishlash tezligini bitta avlod oldingi – A12 Bionic protsessorli smartfon – iPhone XS bilan taqqoslab ko‘rsatdi:

Testning ko‘rsatishicha, iPhone SE 2 modeli iPhone XS smartfonidan tezkorroq, lekin oradagi farq o‘ta kichkina. Eng ommabop o‘yinlar va ilovalarni ishga tushirishda bu ikki ayfonning ishlashidagi farq soniyadan ham kichkina vaqtni tashkil etmoqda. Demak, Tim Kuk da’vosi juda ham asossiz emas...

O‘QING: Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?