iPhone SE 2020 kushandasi: OnePlus eng arzon smartfonini tez orada taqdim etadi!

  •   DiMaX
  •  2018
  •  20.06.2020 14:04

iPhone SE 2020 kushandasi: OnePlus eng arzon smartfonini tez orada taqdim etadi!

iPhone SE 2020 kushandasi: OnePlus arzon smartfonini tez orada taqdim etadi!

OnePlus kompaniyasi 2014 yili «Flagmanlar kushandasi» shiori ostida smartfon bozorga kirib kelgan. Uning telefonlari texnik xususiyatlariga ko‘ra boshqa brendlarining eng ilg‘or modellariga teng va ba’zan ustun bo‘lsa-da, narxi hamyonbop edi.

O‘QING: OnePlus Xiaomi'ni ortda qoldirdi!

Lekin kompaniyaning bu yil namoyish qilgan smartfonlari ancha qimmat chiqdi: AQShda OnePlus 8 modelining 8/128 gigabaytlik varianti uchun 700 dollar, 12/256 gigabaytligi uchun esa 800 dollar so‘rashyapti. Yanada ilg‘or versiyasi – OnePlus 8 Pro uchun xotirasiga qarab 900 va 1000 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Kecha, ya’ni 19 iyun kuni kompaniya bosh direktori Karl Pey brendning rasmiy sahifasida 2014 yilning 23 aprelida e’lon qilingan tvitni qayta ulashdi. Unda ishlab chiqaruvchining ilk smartfoni – OnePlus One anonsi berilgan edi:

Kuzatuvchilar buni OnePlus kompaniyasining «boshlang‘ichga qaytishi», ya’ni yana arzon smartfon chiqarishiga ishora, deya baholashmoqda. Zero, ishlab chiqaruvchi OnePlus 8 Lite yoki OnePlus Z deb nomlanuvchi arzon modelni tayyorlagani anchadan beri ma’lum.

O‘QING: OnePlus 8 turkumidagi eng arzon smartfon Geekbench’da: naq 12 GB «operativka»!

So‘nggi xabarlarga qaraganda, kutilayotgan smartfon narxi 299 dollarga teng bo‘ladi – 2014 yildagi OnePlus One modeli kabi. Agar shu ma’lumot to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, OnePlus Z asosiy raqiblari – iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) modelidan 100 dollarga, Google Pixel 4a smartfonidan esa 50 dollarga arzon bo‘ladi.

Shunga qaramasdan, OnePlus Z (OnePlus 8 Lite) texnik xususiyatlari joyida: uning apparat ta’minoti asosini beshinchi avlod uyali aloq trmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Qualcomm Snapdragon 765G protsessori tashkil etadi. Smartfonning AMOLED-ekrani 90 gerslik chastotada kadr yangilanishiga ega, tezkor va doimiy xotira sig‘imlari ham katta bo‘lishini aytishmoqda.

Bunaqa narx siyosati bilan OnePlus Z joriy yilning ikkinchi yarmida eng xaridorgir telefonlardan biri bo‘lishi tayin. Hali taqdim etilmasidan turiboq u eng ommabop smartfonlar reytingidan joy olib ulgurgan. Kompaniya ushbu smrtfonini 6 iyuldan 12 iyulgacha bo‘lgan vaqt orlig‘ida rasman namoyish etadi.

O‘QING: OnePlus 8 Pro tezkormi yoki bir yarim baravar qimmat Galaxy S20 Ultra? «Jonli» testda ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!