iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

  •   DiMaX
  •  1987
  •  24.04.2020 09:52

iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Kupertinolik korporatsiyaning iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) smartfoni bugun – 24 apreldan savdoga chiqdi. Shungacha sinab ko‘rgan jurnalist va blogerlar o‘z videotavsiflarida uni «hamyonbop blokbaster» deya maqtashgan.

O‘QING: Uzoq kutilgan iPhone SE 2020 haqidagi aniq 7 fakt

Apple’ning eng qimmat – iPhone 11 Pro Max flagmanida qo‘llangan A13 Bionic protsessori bazasiga qurilgani uchun, iPhone SE 2020 eng yuqori samaradorlikka ega, deya taxmin qilinayotgan edi. Ammo uning AnTuTu servisidagi natijasi, yumshoqroq qilib aytganda, hammaning hafsalasini pir qildi.

iPhone SE 2’ning ushbu benchmarkdagi test natijasi 2019 yilgi barcha ayfonlar oshgan chegara – 500 000 balllik ko‘rsatkichga yetgani ham yo‘q! Benchmark ko‘rsatkichlariga qarasak, yangi ayfonda asosiy protsessor hamda grafik tezlatgich samaradorligi ko‘proq iPhone XS turkumida qo‘llangan A12 Bionic chipseti natijalariga yaqin. iPhone SE 2020’ning ulardan jiddiy yuqori bo‘lgan yagona ko‘rsatkichi – xotira bo‘yicha 77 968 ball olganidir.

Shundan kelib chiqib, kuzatuvchilar Apple yana eski usulni qo‘llaganidan shubhalanishmoqda. Ya’ni, smartfonning avtonomlik muddatini oshirish maqsadida u protsessorning samaradorligini atayin cheklagan bo‘lishi mumkin.

Lekin, insof yuzasidan aytish kerakki, shu holida ham ikkinchi avlod iPhone SE’ning samaradorligi shu narx doirasidagi smartfonlarning ko‘rsatkichlaridan yuqori.

O‘QING: iPhone SE'ning tezkor xotirasi va akkumulyator sig‘imi qancha?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!