iPhone SE 2020 taqdimoti oldidan dunyo bo‘ylab boshqa iPhone’lar arzonlashyapti!

  •   DiMaX
  •  2088
  •  09.04.2020 13:41

iPhone SE 2020 taqdimoti oldidan dunyo bo‘ylab boshqa iPhone’lar arzonlashyapti!

Apple korporatsiyasining iPhone SE hamyonbop modeli davomchisi iPhone SE 2 nomi ostida chiqishi aytilayotgandi. Ammo kompaniya Xitoydagi rasmiy saytida iPhone 9 nomi bilan, narxini ham ko‘rsatgan bo‘lsa, AQShdagi saytiga ko‘ra, u iPhone SE 2020 bo‘ladi.

O‘QING: iPhone SE 2020 (iPhone 9 yoki iPhone SE 2) allaqachon do‘konga chiqdi!

Ushbu ixcham smartfon taqdimoti oldidan ko‘plab mamlakatlardagi riteylerlar iPhone 8 narxini pasaytirishmoqda. Mazkur holatga ommabop Reddit resursi foydalanuvchilari hamda Xitoyning iFeng nashri e’tibor qaratgan.

iFeng ma’lum qilishicha, «Osmon osti saltanati»dagi Suning, JD, Gome va boshqa onlayn platformalarda arzonlashuv kuzatilmoqda. Qizig‘i – ularda nafaqat sakkizinchi avlod ayfoni, balki boshqa modellar, masalan, iPhone XR hamda iPhone 11 narxlari ham tushirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iPhone SE 2020 modeli 15 aprelda taqdim qilinib, mayning boshidan sotuvga chiqishi aytilmoqda.

O‘QING: Kutilmaganda kutilgan xushxabar: Android smartfonlar keskin arzonlashadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!