iPhone SE 2020 vs Pixel 4a vs OnePlus Nord: kamera jangida kutilmagan g‘olib! (video)

  •   DiMaX
  •  1277
  •  07.08.2020 16:32

iPhone SE 2020 vs Pixel 4a vs OnePlus Nord: kamera jangida kutilmagan g‘olib! (video)

Joriy yilda hamyonbop iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) taqdim etilgach, qolgan smartfonsozlar ham shu narx atrofida yaxshi telefonlar chiqara boshlashdi. Ixcham ayfonning shundmy «kushanda»laridan biri OnePlus Nord bo‘lsa, ikkinchisi Google Pixel 4a modelidir.

O‘QING: iPhone SE 2’ning yana bitta salbiy jihati fosh bo‘ldi

The Tech Chap nomli YouTube-kanal mana shu uchta smartfonning kamera imkoniyatlarini o‘zaro taqqoslab ko‘rib, videosini e’lon qildi. Aniqlanishicha, videoga tushirishda hatto kunduz kuni ham ularning farqlari seziladi, yaxshi yoritilmagan sharoitda esa yaqqol farqlanib turadi. Xullas, videos’yomkada Pixel 4a raqiblaridan ustunligini ko‘rsatgan.

Rasmga tushirishda ham smartfonlarning imkoniyatlari turlicha: iPhone SE 2 hatto yop-yorug‘da olgan suratlarda ham mayda detallarni yaxshi chiqarib bera olmagan. Nimqorong‘i sharoitda ham u ikkala raqibiga yengilyapti, chunki bu ayfon kamersida tungi rejim yo‘q. OnePlus Nord esa tasvirni to‘yinganroq, kontrastni kuchliroq qilib chiqarib beradi.

Xullasi kalom, kamera jangida Google smartfoni g‘olib kelgan; eng qizig‘i – u har ikkala raqibidan ham arzonligidir. Biroq kupertinoliklarning va xitoyliklarning ushbu ixcham modellarida ham o‘ziga yarasha kuchli jihatlar mavjud.

O‘QING: Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi