iPhone SE 2020’ning asosiy raqibi sotuvga chiqdi – uning yarim narxidan ham arzon!

  •   DiMaX
  •  2661
  •  28.04.2020 17:24

iPhone SE 2020’ning asosiy raqibi sotuvga chiqdi – uning yarim narxidan ham arzon!

 iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) ixcham smartfonini Apple 24 apreldan savdoga chiqargan. Biz uchun ayrim mamlakatlarda belgilangan narxlarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Rossiyada ushbu ayfon 39 990 rubl turadi, bu esa taxminan 537 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Biroq rossiyaliklar endi ikkinchi avlod iPhone SE’ning bevosita raqibi bo‘lgan boshqa smartfonni uning yarim narxidan ham arzonga olishlari mumkin. Bu – Samsung kompaniyasi mart oyida namoyish qilgan, ammo hali narxini aytmagan Galaxy A31 modelidir.

Samsung o‘z sayti orqali ma’lum qilishicha, Rossiyada o‘rta narxli, Super AMOLED-displeyli va NFC chipli Galaxy A31 hamda Galaxy A41 smartfonlarining savdosi boshlanmoqda.

Rossiyada ushbu ikki smartfon ham qora, oq va qizil korpuslarda sotuvga chiqyapti. Galaxy A31 modeliga 17 990 rubl (taxminan 243 dollar) narx belgilangan bo‘lsa, Galaxy A41 modelini 19 990 rublga (taxminan 270 dollarga) xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, janubiy koreyalik texnogigant mart oyida Yaponiya bozoriga mo‘ljallangan Galaxy A41 smartfonini namoyish qilgan edi. Keyinroq esa uning global versiyasini taqdim etdi va u faqat bosh kamera dizayniga ko‘ra yaponcha variantidan farqlanadi.

O‘QING: Samsung o‘ta arzon Galaxy J2 Core (2020) smartfonini taqdim etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!