iPhone SE (2022) GeekBench:da testdan o‘tdi

iPhone SE (2022) GeekBench:da testdan o‘tdi

GeekBench platformasi Apple'ning yangi iPhone SE modeli 4GB tezkor xotiraga ega ekanligini tasdiqladi. Hammaga ma’lumki, iPhone 13 modellari kabi uchinchi avlod iPhone SE ham A15 Bionic chipi bilan jihozlangan. 

Bir yadroli testda qurilma 1695 ball, ko‘p yadroli testda esa 4021 ballni qo‘lga kiritdi. Bu iPhone 13 modellari qayd etgan natijadan biroz pastroq natija hisoblanadi. 

GeekBench, shuningdek, qurilmaning so‘nggi iOS 15.4 tizimida ishlashini ko‘rsatib berdi. Qurilmaning 64GB xotiraga ega bo‘lgan turi 429 dollar narxda sotiladi. 

O‘QING: Galaxy M53 5G GeekBench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!