iPhone SE 2022 modelining qanday rang va xotira hajmlarda taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

iPhone SE 2022 modelining qanday rang va xotira hajmlarda taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Apple 8-mart sanasida taqdim namoyishi o‘tkazadi. Unda kompaniya yangilangan iPad Air va mish-mishlarda nomi iPhone SE+ 5G bo‘lishi aytilayotgan uchinchi avlod iPhone SE smartfonini taqdim etadi.

A15 Bionic chipiga ega bo‘ladigan qurilma 300 dollar narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda. 

Apple hozircha smartfon haqida hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi. Biroq ishonchli ma’lumotlar beruvchi tahlilchi Ming-Chi Kuo yangi iPhone SE'ga oid bir necha yangi ma’lumotlarni ochiqladi.

Uning aytishicha, smartfonning 64/128/256GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turlari bo‘ladi. Shuningdek, smartfon oq, qora va qizil ranglarda taqdim etiladi. 

Smartfon shu oyning o‘zidan ishlab chiqarilishni boshlaydi. Apple 2022-yilda taxminan 25-30 million dona yangi iPhone SE ishlab chiqaradi. 

O‘QING: Apple'ning 8 mart uchun sovg‘asi tayyor

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.