iPhone SE (2022) taqdim etildi: A15 Bionic chipli iPhone 8

iPhone SE (2022) taqdim etildi: A15 Bionic chipli iPhone 8

Ikkinchi avlod iPhone SE modelining taqdimotidan ikki yil o‘tib uning uchinchi avlodi ham taqdim etildi. Tashqi ko‘rinishidan smartfon iPhone 8 modelini eslatib yuboradi. 

Qurilma iPhone 13 modellari kabi A15 Bionic chipi bilan jihozlangan. Bu hozirda smartfonlardagi eng kuchli chiplardan biri. iPhone SE (2022) modelining 64/128/256GB doimiy xotiraga ega turlari sotuvga chiqadi. 

Smartfonga 4.7 dyuymli LCD displeyi o‘rnatilgan. Displey atrofida qalin romlarni ko‘rishimiz mumkin. Ushbu model ham mustahkam Ceramic Shield shishasi bilan qoplangan. 

Ekran ostida Uy tugmasi joylashgan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida Touch ID vazifasini bajaradi. 

Qurilma hamon bitta kameraga ega bo‘lsa-da, unga yangi takomillashgan 12MP asosiy kamera o‘rnatilgan. Smartfon HDR 4, Photographic Styles va Deep Fusion funksiyalariga ega. 

Yangi avlod SE modeli 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tish zarur. Avvalgi modelda bunday imkoniyat mavjud emas edi. 

iPhone SE (2022) smartfoniga oldindan buyurtma berish 11 mart sanasidan boshlanadi. Uning narxi 429 dollardan boshlanadi. 18 mart sanasida esa smartfon Australia, Kanada, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh mamlakatlarida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Samsung noodatiy dizayndagi smartfonni patentladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!