iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

  •   DiMaX
  •  2893
  •  05.05.2020 13:01

iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

Apple rahbari 24 apreldan savdoga chiqqan iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) smartfonining istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini aytgan. Biz uchun ayrim mamlakatlarda belgilangan narxlarni e’lon qilganmiz. Lekin...

O‘QING: iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Kupertinoliklarning smartfon bozoridagi asosiy raqobatchisi – Samsung esa so‘nggi flagmanlari – Galaxy S20 turkumini yaxshi sota olmayapti. Bu muvaffaqiyatsizlik asosida koronavirus pandemiyasi yotibdi, ammo ikkinchi avlod iPhone SE sotila boshlagani ham janubiy koreyalik gigantning bozordagi holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

To‘g‘ri, eng arzon ayfon bo‘lgan iPhone SE 2 modeli narxiga ko‘ra ham, xususiyatlariga ko‘ra ham Galaxy S20 turkumiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi emas. Shunga qaramasdan, aynan uning savdosi boshlanishi bilan Samsung bu flagmanlarini bozorda ilgari surishga zo‘r bermoqda. Masalan, kuni kecha u o‘zining Galaxy S10 Plus modelini va bu yilgi flagmanlarini yangi versiyalarda sotuvga chiqardi.

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Bundan tashqari, Samsung yaqinda AQSh bozorida yangicha shartlarda treyd-in dasturini ishga tushirdi. Uning doirasida o‘zining eski smartfonlarini topshirgan xaridorlarga Galaxy S20 flagmanlarini naq 50 foizlik chegirma bilan sotyapti!

Samsung o‘z vatanida ham so‘nggi flagmanlarining savdosiga zo‘r bergan. Xususan, kompaniya mahalliy uyali aloqa operatorlariga ularni shunday shartlar asosida taqdim etyaptiki, ular Galaxy S20’larni o‘z abonentlariga 408 dollargacha boruvchi subsidiyalar taklif etishyapti.

Eslatib o‘tamiz, Samsung’ning ayni damdagi eng zo‘r smartfoni – Galaxy S20 Ultra avtonomlik testida iPhone 11 Pro Max’ni zo‘rg‘a yenggan, lekin baribir uning o‘tgan yilgi flagmani – Galaxy S10+ g‘olib chiqqan!

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!