iPhone SE 2’ning haqiqiy «kushanda»si chiqyapti! (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  1165
  •  30.04.2020 09:55

iPhone SE 2’ning haqiqiy «kushanda»si chiqyapti! (+«jonli» surat)

Apple korporatsiyasi iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) ixcham smartfonini 24 apreldan savdoga chiqargan. Biz uchun ayrim mamlakatlarda belgilangan narxlarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: iPhone SE 2020’ning asosiy raqibi sotuvga chiqdi – uning yarim narxidan ham arzon!

Ikkinchi avlod iPhone SE’ga haqiqatan raqib bo‘la oladigan smartfonni Google tayyorlamoqda va bu – Pixel 4a modelidir. Mazkur qurilma diagonaliga 5,8 dyuymlik va tasvir aniqligi Full HD+ formatidagi ekranga ega. Garchi arzonlashtirilgan model bo‘lsa-da, uning kamerasi xuddi standart Pixel 4 flagmanidagi kabidir.

Google Pixel 4a ishlash samaradorligini Snapdragon 730 protsessori hamda 6 gigabaytlik tezkor xotira ta’minlaydi. Uning akkumulyatori esa 3080 mA/soatlik tok sig‘imiga ega.

O‘QING: Allaqachon Android 11’da ishlayotgan smartfonni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Internetda allaqachon Pixel 4a smartfonining «jonli» rasmlari ham tarqalmoqda:

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Pixel 4a bir oyga ham yetmasdan – mayning oxiridayoq bozorga chiqadi. Yevropda uning savdosi 22 maydan boshlanadi. Smartfon bundan bir yil avval taqdim etilgan «ajdod»i – Pixel 3a bilan bir xil narxda, ya’ni 400 dollar/yevro atrofida sotiladi. Ya’ni, u kupertinoliklarning hozirgi eng arzon ayfoniga haqiqiy raqobatchi bo‘ladi.

O‘QING: iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!