iPhone SE 2’ning haqiqiy «kushanda»sini Google taqdimotdan avval do‘koniga chiqarib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  808
  •  14.07.2020 17:25

iPhone SE 2’ning haqiqiy «kushanda»sini Google taqdimotdan avval do‘koniga chiqarib qo‘ydi

Google Pixel 4a haqida deyarli barcha ma’lumotlar tarqalib bo‘lgan, lekin negadir qidiruv giganti uni haliyam rasman ko‘rsatmayapti. Biz esa uning «jonli» suratlari, xususiyatlari va hatto narxini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (28-hafta)

Hali namoyish qilinmagan ushbu smartfon kutilmaganda Google Store do‘konida paydo bo‘ldi. Aniqrog‘i – mazkur internet-magazinning Kanadadagi saytiga tasodifan Pixel 4a modelining press-renderi chiqqan, keyin xodimlar bu xatolikni payqab qolib, uni yashirib qo‘yishgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, qora korpusli Google Pixel 4a modelining o‘chirish-yoqish tugmachasi och yashil rangda. Old kamerasi ekranning yuqori chap burchagidagi tirqishga o‘rnatilgan. Bosh kamera ham bitta sensorli bo‘lib, fotochaqnoq bilan birga kvadrat shakldagi blokka joylangan. Barmoq izi skaneri ham orqa paneldan joy olgan.

Smartfon ekranida 12 may sanasi aks ettirilganiga qaraganda, Google dastlab uni o‘sha kuni namoyish etishni rejalashtirgan. Ammo koronavirus pandemiyasi yoki boshqa sabablarga ko‘ra taqdimot keyinga surilgan.

O‘QING: Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.