iPhone SE 2’ning yana bitta salbiy jihati fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1366
  •  12.05.2020 17:32

iPhone SE 2’ning yana bitta salbiy jihati fosh bo‘ldi

Apple bosh direktorining fikricha, iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) modeliga birorta ham «yashil robotchali» smartfon bas kela olmaydi. Lekin u sotuvga chiqqach, AnTuTu servisida hafsalani pir qilgan.

O‘QING: iPhone SE 2020 kuchliroqmi yoki 2018 yilgi iPhone XS? «Jonli» testda taqqoslaymiz!

iPhone SE 2 modeli 18 vattlik quvvat bilan tezkor zaryadlana oladi, ammo uning jamlanmasida bunday quvvatlagich yo‘q. Tezkor quvvatlash uchun shunday adapterni ham, unga tushadigan kabelni ham alohida sotib olishga to‘g‘ri keladi.

Lekin ikkinchi avlod iPhone SE modelidagi tezkor quvvatlash borasidagi yagona kamchilik bu emas ekan. PhoneArena nashri tahririyati maxsus tajriba o‘tkazib, hamyonbop ayfonning oddiy va tezkor quvvatlagichda zaryad olish tezligi orasida aytarli farq yo‘qligini aniqlashdi!

iPhone SE 2020 qadog‘idagi 5 vattlik zaryadchik bilan uni to‘liq quvvatlashga 2 soatu 30 daqiqa vaqt ketgan. Smartfon bunda quyidagicha tezlikda quvvat olgan:

15 daqiqa: 14%

30 daqiqa: 28%

45 daqiqa: 43%

1 soat: 57%

1 soatu 15 daqiqa: 70%

1 soatu 30 daqiqa: 81%

2 soatu 30 daqiqa: 100%

O‘QING: iPhone SE 2020’ning asosiy raqibi sotuvga chiqdi – uning yarim narxidan ham arzon!

Keyin esa uni 18 vattlik tezkor quvvatlash moslamasi yordamida zaryadlab ko‘rishgan. Bunda uning akkumulyatori to‘lishi uchun odatdagisidan salgina kamroq – 2 soat vaqt sarflangan. iPhone SE 2 faqat birinchi soat mobaynidagina tezkor quvvat olgan:

15 daqiqa: 30%

30 daqiqa: 55%

45 daqiqa: 73%

1 soat: 83%

1 soatu 15 daqiqa: 92%

1 soatu 30 daqiqa: 96%

2 soat: 100%

Ushbu ikki xil quvvatlash usulida iPhone SE 2020 modelining qanday zaryad olib borganini quyidagi jadvalda ko‘ring:

Demak, ushbu ayfondan xarid qiladigan bo‘lsangiz, uning uchun tezkor quvvatlagich olish yo olmaslik masalasida yuqoridagi ma’lumotlar ham asqotadi.

O‘QING: iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!