iPhone SE 3 kelasi yilning boshida taqdim etiladi

iPhone SE 3 kelasi yilning boshida taqdim etiladi

Apple hozirdan uchinchi avlod iPhone SE modelini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. 

MyDrivers bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma uchun ta’minot zanjiri yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa smartfonni ishlab chiqarish tez orada boshlanishini anglatadi. iPhone SE 3 modeli 2022-yilning birinchi choragida, aniqroq qilib aytganda mart oyi oxirlarida taqdim etiladi. 

iPhone SE 2020 bilan taqqoslak, yangi modelning dizaynida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Qurilma Touch ID vazifasini bajaruvchi uy tugmasiga ega bo‘ladi. Displey hajmi 4.7 dyuymni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham hech qanday o‘zgarish yo‘q. 

O‘zgarishlar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, yangi iPhone SE takomillashgan kamera hamda A15 Bionic chupiga ega bo‘ladi. 

Ushbu smartfon kichik hajmdagi iPhone'ni xohlovchilar uchun juda yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. Chunki 2022-yilda Apple 5.4 dyuymli iPhone mini modelini ishlab chiqarmasligi aytilmoqda. 

Avvalgi iPhone SE qurilmasi 399 dollar narxda sotuvga chiqqan edi. Apple katta ehtimol bilan yangi smartfonning narxini o‘zgartirmaydi. 

O‘QING: Honor kompaniyasi ham o‘zining birinchi buklanuvchi smartfonini taqdim etadi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!