iPhone SE 3 nimalari bilan ideal hamyonbop ayfon bo‘ladi?

  •   DiMaX
  •  1650
  •  26.12.2020 16:53

iPhone SE 3 nimalari bilan ideal hamyonbop ayfon bo‘ladi?

Apple ixlosmandlari bu yil chiqqan hamyonbop iPhone SE 2020 (iPhone SE 2 yoki iPhone 9) modelini uzoq kutishgan edi. Garchi sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qilgan bo‘lsa-da, Tim Kuk uning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qilgan.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Xitoylik insayderlarning aytishlaricha, kupertinoliklar endi ko‘p kuttirmasdan, kelasi yiliyoq uning davomchisi – iPhone SE 3 (yoki iPhone SE 2021) modelini taqdim etishadi. Ularning xabarlariga ko‘ra, qoyilmaqom hamyonbop ayfon sifatida bestsellerga aylanish uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud bo‘ladi.

Avvalo, iPhone SE 3 displeyi yetarlicha katta – diagonaliga 6,06 dyuymlik bo‘lishini aytishmoqda. Ikkinchidan, uning «Uyga» tugmachasida Touch ID daktiloskopik datchigi bo‘ladi – niqoblar davrida yuzdan tanib qulfni ochishdan ko‘ra shu ma’qul. Qolaversa, Apple bu gadjetida ajoyib qo‘shaloq kamera qo‘llaydi (ehtimol, takomillashtirilgan tungi rejim bilan).

iPhone SE 3 tashqi ko‘rinishi iPhone 7 Plus hamda iPhone 8 Plus modellarini eslatadi. Uning «elektron yuragi» sifatida esa bu yilgi flagmanlar protsessori – Apple A14 Bionic qo‘llanadi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu 5G-smartfon uchun 500 dollar atrofida narx belgilanadi.

O‘QING: Vannadagi qiz iPhone tufayli halok bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!