iPhone SE 4 haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi

iPhone SE 4 haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi

Taniqli DSCC tahlilchisi, Ross Young o‘zining iPhone SE 4 haqidagi prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi. Uning MacRumors'ga xabar berishicha, to‘rtinchi avlod iPhone SE smartfoni katta ehtimol bilan 6.1 dyuymli, iPhone X'nikidek tirqishga ega displey bilan jihozlanadi. Taqqoslash uchun hozirgi iPhone SE modeli 4.7 dyuymli displeyi bilan Home tugmasiga ega.

Yangi smartfonda Home tugmasining olib tashlanishi, barmoq izini aniqlaydigan skaner bilan ham "xayrlarshish"ni anglatadi. Biroq mish-mishlarga ko‘ra, Apple Touch ID'ni saqlab qolishi, uni iPad Air va iPad mini'da bo‘lgani kabi yon tugmaga integratsiya qilishi ham mumkin. Smartfon tirqishi esa Face ID bilan jihozlanishi hozircha noma’lum, lekin Apple o‘zining byudjet smartfonida narxni kamroq saqlash uchun bunday xususiyatni qo‘shmasligi mumkin.

iPhone SE 4 o‘lchami haqida ma’lumotlar hali oshkor bo‘lmadi, lekin u Face ID sensorlariga ega bo‘lmasligi hisobga olinsa, u iPhone X'dan ko‘ra ingichkaroq bo‘lishi aytilmoqda. Uzunquloq xabarlariga ko‘ra, Apple o‘zining navbatdagi byudjet smartfonini 2024-yilda chiqaradi.

O‘QING: Apple'ning yana bir smartfoni yo‘l oxiriga yetib keldi