iPhone SE'ning ichi ochilib, unga iPhone 8 ona platasi qo‘yildi (+video)

iPhone SE'ning ichi ochilib, unga iPhone 8 ona platasi qo‘yildi (+video)

iPhone SE (2020) savdolari boshlanib bo‘ldi va smartfonning ichini ham ochib ko‘rishga ulgurishdi. Ko‘p jihatdan iPhone 8'ga o‘xshash yangi qurilmaning ichki apparat ta’mimoti ham iPhone 8'ga o‘xshash ekan.

Xitoy YouTube kanallaridan biri video-xostingga iPhone SE va iPhone 8'larning ichi ochib ko‘rilgan videoni joyladi. Video Xitoy tilida, lekin ingliz tilidan xabardor bo‘lganlar uchun inglizcha subtitrlar ham bor.

Yangi qurilmaning ichini ochish xuddi iPhone 8'ni ochishdek oson, displeyni ushlab turgan yelimni yumshatish uchun hech qanday issiq harorat ham shart emas.

Displeyga ulangan simlar ham xuddi iPhone 8'dagi bilan bir xil. Bu ikki iPhone'ning ichki tomondan o‘xshashligi shunchalar ko‘pki, bir qarashda ularni bir-biridan farqlash ham qiyin.

Har ikki smartfon displey elementlari bir xil. Videoda hatto iPhone SE'ning displeyi iPhone 8'ga ham qo‘yib ko‘rildi.

Ikki smartfon ona plataning tuzilishi ham bir xil, shuning uchun iPhone 8 bilan SE'ning ona platasi almashtirib ko‘rildi. iPhone SE yondi. Displey va karnay hech qanday muammolarsiz ishladi. Ammo, Kamera ilovasi ochilganda boshqa plata qo‘yilgani sezildi: asosiy kamera yonmadi, ammo old kamera bilan hech qanday muammo bo‘lmadi.

O‘zingiz ham guvohi bo‘lib turganingizdek, iPhone SE'ning akasariyat komponentlari iPhone 8'niki bilan bir xil ekan.

O‘QING: Narxlarni solishtiramiz: iPhone SE 2 qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!