iPhone SE'ning navbatdagi raqibini qarshi oling

iPhone SE'ning navbatdagi raqibini qarshi oling

Google Pixel 4a smartfoni taqdimotiga ham oz fursat qolmoqda. Qurilma iyun oyi boshida namoyish qilinishi mumkin.

Devays unumdorligi sinovdan o‘tkazilgan video va qurilma akkumulyator sig‘imi haqidagi ma’lumotlar sizdirilganidan so‘ng, mana endi Pixel 4a'ning narxi haqida ham bilib oldik.

Avvaliga, Google Pixel 4a'ning narxlanishi xuddi iPhone SE kabi 399 dollardan boshlanishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Ammo 9to5Google nashrining yangi xabariga ko‘ra, Google'ning yangi smartfoni eng arzon iPhone'dan ham hamyonboproq bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, kompaniya Pixel 4a'ning 128GBlik versiyasini 349 dollardan, 64GBlik versiyasini esa atigi 299 dollardan sotishni reja qilgan.

O‘tgan yilgi Pixel 3a smartfoni o‘ta muvaffaqiyatli chiqqanligini inobatga olib, Google uning davomchisidan ham shu natijani kutmoqda va yangi smartfon narxini yana ham arzonlashtirdi.

3-iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Android 11 Beta taqdimot shousida Pixel 4a ham ilk bora ko‘rsatilishi ehtimoli juda yuqori.

Pixel 4a qurilmasi Snapdragon 730 chipida ishlab, 6GB tezkor va 64/128GB doimiy xotiraga ega bo‘lishi haqida mish-mishlar yuribdi. Yana aytilishicha, smartfon 5.8 dyuymli FHD+ OLED displey, 12.2 megapiksellik orqa kamera va 8 megapiksellik old kameraga ega bo‘ladi.

Tafsilotlarni biz bilan kuzatishda davom eting.

O‘QING: Google Pixel 4 hamda Pixel 4 XL: Betakror funksiyalar va yangi dizayn, lekin narxi... (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!