iPhone SE'ning tezkor xotirasi va akkumulyator sig‘imi qancha?

iPhone SE'ning tezkor xotirasi va akkumulyator sig‘imi qancha?

iPhone SE (2020) smartfoni taqdim qilingani haqida xabar bergan edik. Qurilma A13 Bionic chipida ishlaydi, kamerasi ham original iPhone SE'dan yaxshiroq.

Apple yangi qurilmasini taqdim qilgan bo‘lsa-da, har galgidek uning tezkor xotirasi va akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot bermadi.

Ammo China Telecom'ning veb-saytida listingga qo‘yilgan iPhone'ning bu jihatlari ham mana ma’lum bo‘ldi.

Operatorning yozishicha, yangi iPhone SE 3GB operativ xotiraga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun, iPhone 8'ning RAM'i 2GB edi. Akkumulyator sig‘imi esa iPhone 8'niki bilan bir xil — 1,821 mA/soat.

Yangi smartfonning ekran, hoshiya, dizayn va Touch ID uy tugmachasi 2017 yil chiqarilgan flagman iPhone 8 bilan aynan bir xil.

China Telecom iPhone SE'ning 64GB, 128GB va 256GBlik talqinlarini oq, qora va qizil ranglarda sotadi.

O‘QING: «Jonli» test videosi: qaysi iPhone quvvati eng ko‘pga yetadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!