iPhone va Android-smartfonlarda endi Google Assistant bolalarga ertak aytib beradi!

  •   DiMaX
  •  518
  •  27.04.2019 10:48

iPhone va Android-smartfonlarda endi Google Assistant bolalarga ertak aytib beradi!

2017 yili Google Home aqlli kolonkasiga turli hikoyalar o‘qib berish funksiyasi qo‘shilgan edi. Nihoyat, bu imkoniyat Android hamda iOS operatsion tizimlariga ham yetib keldi, ammo hamma uchun emas.

O‘QING: Google va Google ishchilari haqida 23 fakt

Google Assistant aqlli yordamchisi endi Android va iOS operatsion tizimli gadjetlarda uyqu oldidan bolalarga ertak aytib berishni o‘rgandi. Lekin mazkur opsiya hozircha faqat AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya hududlaridagina amal qiladi.

Buning uchun devaysda Google Play Books ilovasining so‘nggi versiyasini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Keyin esa Google Assistant’ga: «Hey Google Tell Me A Story», ya’ni «Hoy Google, menga biror hikoya aytib ber», deyish kifoya – smartfoningiz ommabop ertaklardan birini ayta boshlaydi. Ya’ni, Google ovozli yordamchisi mazkur onlayn kutubxonadagi audiokitoblardan o‘qib beradi.

Anglaganingizdek, bularning barchasi inglizchada bo‘ladi. Google Assistant’ning qolgan hududlardagi bolajonlarga va boshqa tillarda ertak o‘qib beradigan bo‘lishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: So‘zlaydigan kitoblar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!