iPhone va Android-smartfonlardagi barcha ma’lumotlaringizni o‘g‘irlovchi virus chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1101
  •  12.07.2019 13:29

iPhone va Android-smartfonlardagi barcha ma’lumotlaringizni o‘g‘irlovchi virus chiqdi!

«Kasperskiy laboratoriyasi» bergan xabarga ko‘ra, shu kunlarda FinSpy virusining yangicha modifikatsiyasi tarqalgan. U smartfonlardagi har barcha messenjerlarning himoyasini buzib kira oladi. Buning ustiga, hatto ikki tomonlama shifrlash bilan himoyalangan yozishmalarni ham o‘qishga qodir!

O‘QING: Telegram’da ikki bosqichli autentifikatsiya himoyasini buzib bo‘ladimi?

Android-qurilmalarda tarqalgan FinSpy versiyasi avval superfoydalanuvchi huquqini so‘raydi, uni taqdim etganingizdan so‘ng turli ma’lumotlarni o‘g‘irlay boshlaydi. Shuningdek, mazkur ziyonkor dastur jeylbreyk qilingan iPhone hamda iPad’larda ham shunday buzg‘unchiliklar qila oladi.

Yangicha modifikatsiyadagi FinSpy o‘z yaratuvchilariga deyarli istalgan ma’lumotni jo‘nata oladi: kontaktlaringiz ro‘yxati, joylashuvingiz haqidagi ma’lumot, sayt va ilovalardagi parollaringiz, elektron pochta va messenjerlardagi yozishmalar matnlari...

Firibgarlar ushbu virusni SMS, elektron pochta, messenjerlar orqali jo‘natiluvchi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinuvchi havola yordamida tarqatishmoqda.

FinSpy hujumidan himoyalanishning eng sodda usuli – ishonchli bo‘lmagan manbalardan o‘yin va ilovalar yuklab olmaslikdir. Agarda shunaqasini allaqachon o‘rnatib olgan bo‘lsangiz, unga aslo rut-huquqini bera ko‘rmang. Shuningdek, messenjerlar yoki boshqa yo‘llar bilan kelgan shubhali havolalarni aslo ochmang.

Yana bir jihatini yodda tuting: operatsion tizim qanchalik eski bo‘lsa, unga virus tushishi xavfi ham shunchalik yuqori. Shunday ekan, tizim yangilanishlarini o‘z vaqtida o‘rnatib boring.

O‘QING: WhatsApp’ga yashirinib olgan «Agent Smit» virusi 25 millionta Android-smartfonni zararlagan!