iPhone va Apple Watch’larni «o‘ldirgan» gaz Android-smartfonlarga ta’sir etmadi!

  •   DiMaX
  •  661
  •  31.10.2018 14:59

iPhone va Apple Watch’larni «o‘ldirgan» gaz Android-smartfonlarga ta’sir etmadi!

AQShning Chikago shahridagi Morris kasalxonasida yangi GE MRI apparatini o‘rnatish jarayonida qiziq holat yuz berdi. Muassasa binosidagi deyarli barcha iPhone va Apple Watch’lar ishdan chiqib qoldi.

O‘QING: iPhone va Mac’larni bittagina belgi yuborish bilan ishdan chiqarsa bo‘lar ekan!

Gap shundaki, tibbiy uskunalarni sovitishda qo‘llanadigan gaz – geliy sizib chiqib, shamollatish tizimi orqali barcha xonalarga tarqab ketgan. Apple qurilmalarida esa kvars qismlar o‘rniga mikroelektromexanik tizimlar qo‘llanadi. Geliy molekulalari shu qadar maydiki, chiplar ichiga kirib, ularni ishdan chiqargan.

Mazkur gaz iPhone yoki Apple Watch qurilmalarini ishdan chiqarish uchun o‘n daqiqalik teginish yetarli bo‘ladi. Gadjetlarni keyin yana o‘z holiga qaytarish mumkin, ammo bunga bir haftadan ko‘proq vaqt ketadi.

Shunisi borki, o‘shanda Morris kasalxonasi binosida bo‘lgan birorta ham Android-smartfonda bu muammo uchramagan!

O‘QING: Rossiyada eng zo‘r smartfonlar ma’lum bo‘ldi