iPhone va iPad’da xotirani bo‘shatishning eng sodda usuli

iPhone va iPad’da xotirani bo‘shatishning eng sodda usuli

Barchada bo‘lgani kabi, iPhone yoki iPad foydalanuvchisi ham ba’zida smartfonda xotira yetishmasligi bilan bog‘liq muammoga duch keladi. Jumladan, yangi ilova yoki o‘yin o‘rnatish jarayonida qurilma xotirasini tez va oson bo‘shatish talab qilinadi. iOS 10 tizimida mobil qurilma xotirasini maqbul ravishda bo‘shatadigan maxsus funksiya mavjud.

2016 yilda taqdim qilingan iOS 10 tizimidagi “Xotirani maqbullashtirish” («Optimizatsiya xraniliщa») funksiyasi, ayniqsa xotira sig‘imi kichik bo‘lgan ayfon foydalanuvchilari uchun ayni muddao.

“Xotirani maqbullashtirish” funksiyasini ishga tushirish uchun “sozlamalar -> musiqa -> “Xotirani maqbullashtirish” amallarini bajaring.

Shundan so‘ng, iPhone yoki iPad avtomatik ravishda anchadan buyon tinglanmagan musiqalarni o‘chirib tashlash orqali xotirada kerakli joyni bo‘shatib beradi. U musiqani esa kerak vaqtda yana yuklab olish mumkin.

iOS 10 tizimida foydalanuvchi quyidagi 5 ta cheklovlardan birini tanlashi ham mumkin: 4 GB – 800 ta musiqa, 8 GB – 1600 ta musiqa, 16 GB – 3200 ta musiqa va 32 GB – 6400 ta musiqa. Agar xotiradagi musiqalar soni oshib ketsa, tizim avtomatik ravishda anchadan buyon foydalanilmagan musiqalarni o‘chirib tashlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!