iPhone va iPad’lar uchun 2018 yilning eng zo‘r ilova va o‘yinlari

  •   DiMaX
  •  1710
  •  06.06.2018 17:13

iPhone va iPad’lar uchun 2018 yilning eng zo‘r ilova va o‘yinlari

Kupertinolik gigantning dasturchilar uchun tashkil etgan WWDC 2018 anjumanida bir qator taqdimotlar bo‘lganidan xabaringiz bor. Shular bilan birga, unda har yilgi nufuzli sovrin – Apple Design Award sohiblari ham ma’lum qilindi.

O‘QING: Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi

App Store katalogida taqdim etilgan eng yaxshi ilovalarning ishlab chiquvchilarini Apple qimmatbaho sovg‘alar bilan siyladi. Quyidagi ro‘yxatda ularning har biri nomiga havola joylangan bo‘lib, uni bosish orqali ilovani yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Shunday qilib, 2018 yilgi Apple Design Award sovriniga quyidagi o‘yin va ilovalar sazovor bo‘ldi:

  1. Agenda – qaydlar yaratish ilovasi.
  2. Bandimal – bolalarga atalgan quvnoq va tushunarli o‘yin bo‘lib, u kichkintoylarning o‘zlari uchun musiqiy ijod olamini kashf etishlariga yordam beradi.
  3. Calzy 3 – «Xotira hududi» funksiyasiga ega, takomillashtirilgan kalkulyator. Uning yordamida raqamli qiymatlarni keyinchalik ishlatish uchun saqlab qo‘yish mumkin. Mazkur ilova iOS’ning asosiy texnologiyalari – Drag and Drop, Face ID va boshqalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
  4. iTranslate Converse – ushbu ilova iPhone yoki Apple Watch’ni to‘laqonli tarjimonga aylantiradi. U naq o‘ttiz sakkizta tilni biladi va ikkita tildagi nutqni avtomatik tarzda tez anglab oladi.
  5. Triton Sponge – jarrohlikda qon yo‘qotish ko‘lamlarini baholash imkonini beruvchi ilova.

O‘QING: Afsonaning qaytishi: bepul Pokemon Quest o‘yini dunyoni zabt etishga tayyor! (+video)

  1. Florence – ilk bor muhabbatga duchor bo‘lgan qizning kechinmalarini hikoya qiluvchi o‘yin.
  2. Playdead’s INSIDE – LIMBO yaratuvchilari taqdim etgan platformer, unda kichkina bolakay yovuz kuchga qarshi kurashish uchun jumboqlarni yechishi lozim bo‘ladi.
  3. Alto’s Odyssey – sahrodagi nihoyasiz yugurish o‘yini. Geymer unda qumtepalar, vohalar va qadimiy ibodatxonalar bo‘ylab sayohat qilganicha imkon qadar ko‘proq ochko to‘plashi kerak.
  4. Frost – Apple kompaniyasining Metal grafik tizimi afzalliklarini namoyon etuvchi boshqotirma o‘yin.
  5. Oddmar – omadsiz viking haqidagi platformer. O‘yin davomida u fizika qonuniyatlari asosidagi boshqotirmalarni yechishi, shuningdek, jodulangan o‘rmonda, qorli tog‘larda va xavfli g‘orlarda dushmanlar bilan olishishi talab etiladi.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling! Qalbaki o‘yinlar tobora ommalashib bormoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!