iPhone va iPad’lar uchun Telegram ham 4.9.1 versiyasida taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  1780
  •  27.08.2018 17:40

iPhone va iPad’lar uchun Telegram ham 4.9.1 versiyasida taqdim etildi!

Bugun – 2018 yilning 27 avgustida Telegram messenjeri jamoasidan xushxabarlar kelishda davom etmoqda. Avval uning Android-ilovasi, keyin esa Telegram Desktop dasturi yangilangandi, endi esa iOS-kliyenti ham yangi talqinda chiqdi.

O‘QING: Sberbank Telegram’ni virus, deb e’lon qildi

Apple mobil qurilmalari ishqibozlari endi o‘z devayslaridagi Telegram ilovasini yangilab olib, quyidagi yangi imkoniyatlardan bahra olishlari mumkin:

  1. Alohida sozlamalarga ega yozishmalarni yanada qulay ko‘rish uchun bildirishnomalar sozlamalarida yangi bo‘lim ishga tushgan.
  2. Telegram Passport endi ko‘plab ma’lumotlarni, shu jumladan, hujjatlarning tarjima qilingan versiyalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
  3. Telegram Passport’da ma’lumotlarning muhofazasi kuchaytirilgan.
  4. Telegram Desktop orqali ma’lumotlarni eksport qilish imkoniyati paydo bo‘lgan.

iOS-gadjetlarga 4.9.1 talqinidagi Telegram messenjerini mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Telegram uzoq kutilgan muhim funksiyaga ega bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.