iPhone va iPad’larda jildlar (papkalar) nomini ko‘rinmaydigan qilamiz

  •   DiMaX
  •  822
  •  17.10.2018 12:52

iPhone va iPad’larda jildlar (papkalar) nomini ko‘rinmaydigan qilamiz

O‘QING: Bu havolani ochmang – u barcha Apple gadjetlarini «qotirib» qo‘yadi!

Lekin iOS tizimi jild nomi sifatida probelning o‘zini qabul qilmaydi – uni tasodifiy xatolik, deb tushunadi. Biroq bu yerda him kichkina «hiyla» ishlatsa bo‘ladi: papka nomi sifatida oddiy probel emas, balki Unicode jadvalidan boshqa probel belgisi qo‘yish mumkin.

Bunday «boshqacha» – Brayl shriftidagi probel (U+2800) belgisini esa mana shu yerning o‘zidan, quyidagi kvadrat qavs orasidan nusxalab olasiz:

→[⠀]←

Xullas, iOS tizimida jild nomi sifatida probelning o‘zini qo‘llash uchun quyidagilarga amal qilasiz:

  1. Yuqoridan – kvadrat qavs orasidan ko‘rinmas belgining faqat o‘zini nusxalab olasiz.
  2. Jild nomini tahrirlash rejimiga o‘tasiz, buning uchun papka belgisini toki boshqa belgichalar titray boshlagunicha bosib turasiz.
  3. Jild nomi yozilgan maydoncha ustiga bosasiz, keyin o‘ng tomondagi xoch belgichasini bosgancha uni o‘chirib tashlaysiz.
  4. Nusxalab olingan «boshqacha» probel belgisini shu yerga tashlaysiz («Vstavit») va saqlash uchun jildni yopasiz.

Tayyor!

Xuddi shu usul bilan barcha jildlarga ko‘rinmas nom qo‘yib chiqsangiz, ayfoningizning ish stoli minimalistik uslubda – nomsiz, faqat jildlar belgichalaridan iborat bo‘lib qoladi. Har bir jildning ichida nimalar borligini o‘zingiz shundoq ham bilasiz, boshqalar esa ko‘rib hayratga tushishlari aniq!

O‘QING: iPhone va iPad quvvatini tejashning osongina yo‘li topildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!