iPhone va iPad’larning «ota»si – Apple ko‘rsatmagan W.A.L.T ilk «jonli» videoda!

  •   DiMaX
  •  516
  •  10.04.2019 14:30

iPhone va iPad’larning «ota»si – Apple ko‘rsatmagan W.A.L.T ilk «jonli» videoda!

Kupertinolik korporatsiya 2007 yili moddiy klaviaturasi bo‘lmagan birinchi smartfonni taqdim etgandi. Biroq ayni shunday texnologiyaga ega ilk qurilmasini u hali 1993 yildayoq ishlab chiqargan ekan!

O‘QING: Ilk iPhone'ni raqiblar qanday mayna qilgani va yo‘qlikka ravona bo‘lishgani haqida

W.A.L.T deb nomlanuvchi mazkur gadjet hozirgi smartfonlar va planshetlarning birinchi «ajdod»i hisoblanadi, ammo Apple uni bozorga taqdim etmagan. Avstraliyalik insayder Soni Dikson uning ishlayotgan holatidagi «jonli» videosini e’lon qildi.

O‘QING: Eksklyuziv video: iPhone’ning barcha 15 ta modelini o‘zaro taqqoslashdi!

Apple W.A.L.T aslida mobil emas, balki statsionar telefon bo‘lib, o‘zida faks ham mavjud. Uning ixcham sensorli displeyi esa stilus bilan ishlaydi – xuddi hozirgi iPad’lar kabi. Matnni qo‘lda terish ham, stilusni ruchka tarzida ishlatib, qo‘lyozmadagi harflarni tanib oluvchi tizimi orqali yozish ham mumkin.

Planshet, telefon va faks gibridi bo‘lmish W.A.L.T’ning o‘zida kontaktlar kitobchasi, qo‘ng‘iroqlar tarixi, faks jo‘natish funksiyasi va hatto onlayn banking ilovasi ham bor! Qo‘l yozuvlarini anglab olishidan tashqari, unda qo‘ng‘iroq tovushi uchun taronani tanlash ham mumkin.

W.A.L.T gadjeti kupertinoliklarning kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan System 6 (Mac OS 6) operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydigan bo‘lgan. Qurilmaning ayrim qismlari Powerbook 100 kompyuteridan olingan, u ma’lumotlarni saqlash uchun qattiq diskka ham ega edi.

O‘QING: Chordoqda 30 yil chang bosib yotgan Apple kompyuteri topildi. Uni yoqib ko‘rishsa...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!