iPhone va iPad savdosi xavf ostida – Qualcomm Apple’ni sudga berdi

  •   DiMaX
  •  1537
  •  07.07.2017 18:01

iPhone va iPad savdosi xavf ostida – Qualcomm Apple’ni sudga berdi

Apple kompaniyasini boshqalarning texnologiyalaridan noqonuniy foydalanishda ayblashmoqda. Bu haqda xorij manbalariga tayangan holda riafan.ru sayti xabar berayotir.

Chiplar ishlab chiqarishi bilan mashhur bo‘lgan Qualcomm Inc. firmasining ta’kidlashicha, kupertinolik gigant uning patentlashtirilgan naq oltita texnologiyasini o‘g‘irlagan.


Qualcomm Inc. bu xususdagi shikoyatini AQSh Xalqaro savdo bo‘yicha federal komissiyasiga topshirgan. U mazkur masala yuzasidan sinchkovlik bilan tekshiruv o‘tkazilishini so‘ramoqda. Shuningdek, firma sudga ham da’vo arizasi bilan murojaat etgan.

Chiplar ishlab chiqaruvchi firma Applye uchun jazo sifatida iPhone hamda iPad’lar savdosini taqiqlashni, shuningdek, yetkazilgan ziyonning qoplanishini talab qilmoqda. Bu to‘g‘rida vaziyat bilan yaxshi xabardor bo‘lgan manbalarga asoslanib ommaviy axborot vositalari yozishmoqda, deyiladi xabarda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.