iPhone va iPad xotirasini kengaytirishning soddagina yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  2127
  •  18.07.2018 16:27

iPhone va iPad xotirasini kengaytirishning soddagina yo‘li topildi!

Yaqindan beri iOS tizimida disk (doimiy xotira) qo‘llanilishi statistikasida «Tizim», ya’ni «Sistema» bo‘limi ham aks etadigan bo‘lgan. Bu bo‘limda smartfon xotirasida operatsion tizimning o‘zi hamda yordamchi fayllari qancha joy egallab turgani ko‘rsatiladi.

O‘QING: iPhone yoki iPad keshi va xotirasini tozalaymiz

Bularga turli kesh materiallari, vaqtinchalik fayllar va shu kabilar kiradi. Ayfoningiz xotirasida «Sistema» qancha joyni band etib turganini ko‘rish uchun «Nastroyki» → «Osnovnie» → «Xraniliщye iPhone» bo‘limiga kirib, ro‘yxatning oxiriga tushasiz.

«Tizim» bo‘limi odatda 7 GB atrofida joy olgan bo‘ladi, lekin ko‘pincha u 20 gigabaytgacha «shishib» ketishi hollari ham uchraydi. Nazariy jihatdan qaraganda, qurilma o‘chirib-yoqilganida bu bo‘lim avtomatik tarzda tozalanishi kerak, ammo turli sabablarga ko‘ra bu hamisha ham amalga oshavermaydi. Tizim chiqindilari esa «o‘lik yuk» sifatida smartfon xotirasini band etib yotaveradi.

Uni tozalashning g‘alati, ammo juda oson bir usulini topishdi – bunda deyarli hech bir jiddiy ish qilmaysiz. Kerak bo‘ladigani esa odatiy kabel hamda iTunes o‘rnatilgan kompyuter, xolos.

Xullas, mana bunday qilasiz:

  1. Kompyuterda iTunes dasturini ishga tushirasiz..
  2. iPhone’ni kabeli yordamida kompyuterga ulaysiz.
  3. iOS-qurilmangiz ekranidagi «Doveryat etomu kompyuteru» tugmachasini bosasiz.
  4. Shunchaki 5–10 daqiqa kutasiz.
  5. iPhone’ni o‘chirib, kompyuterdan uzasiz.

O‘QING: Deyarli barcha iPhone egalari yo‘l qo‘yadigan asosiy xato nimada?

Bu orada iOS-qurilmangizni iTunes bilan sinxronlashning keragi yo‘q, umuman, biror tugmachani bosmasdan, shunchaki kutib turasiz. Keyin esa smartfoningizni yoqib, «Sistema» bo‘limini yana tekshirasiz – uning hajmi sezilarli darajada kamayganiga guvoh bo‘lasiz. Jumladan, quyidagi suratda nisbatan eski model – 16 gigabaytlik iPhone 6 qurilmasida u 740 megabaytga qisqargan, ammo ichki xotirasi katta bo‘lgan gadjetlarda 2 dan to 10 gigabaytgacha joy ochilishi mumkin.

Ushbu usul iPad’lar uchun ham amal qiladi, ammo bitta jihatni e’tiborga olish zarur: agarda devaysda iOS 12 beta-versiyasi o‘rnatilgan bo‘lsa, yuqoridagi usul naf bermasligi mumkin.

O‘QING: iPhone’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan to‘rtta sozlama

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!