iPhone va iPad’lar kelib-kelib... Xitoy uchun josuslik qilayotgan ekan!

  •   DiMaX
  •  978
  •  15.10.2019 12:37

iPhone va iPad’lar kelib-kelib... Xitoy uchun josuslik qilayotgan ekan!

O‘zining maxfiylik siyosati hamda inson huquqlari himoyasiga sodiqligini hamisha ta’kidlab kelayotgan Apple korporatsiyasini bunga teskari holat bo‘yicha ayblashmoqda. Ya’ni, kupertinolik korporatsiyaning smartfon va planshetlari foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini Xitoyga jo‘natib kelayotgan ekan!

O‘QING: «Kelinni kelganda ko‘r...»: iPhone 11’lar bo‘yicha ommaviy shikoyatlar boshlandi

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, iOS operatsion tizimidagi Safari brauzeri qurilmalarning IP-manzillarini Tencent konglomeratiga jo‘natib turar ekan. Apple ham buni tan olgan – tegishli ma’lumot Safari sozlamalariga rasman kiritilgan:

«Veb-saytga kirish oldidan Safari, uning firibgarlik sayti emasligini tekshirish maqsadida, veb-sayt manzili bo‘yicha olingan ma’lumotni Google Safe Browsing hamda Tencent Safe Browsing’ga jo‘natishi mumkin. Ushbu xavfsiz ko‘rish provayderlari sizning IP-manzilingizni ham qayd etishlari mumkin».

Aytish kerakki, Tencent Safe Browsing servisi 2017 yildan buyon ochiq foydalanishga taqdim etilgan. Tencent kompaniyasi esa Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlikda, kishilarni nazoratga olish tizimini qo‘llab-quvvatlashda gumonlanishi bilan ma’lum.

Safari dasturi – iOS tizimidagi qurilmalarda standart o‘rnatilgan brauzer bo‘lib, xavfsiz ko‘rish parametri unda dastlabki sozlamalariga ko‘ra yoqilgan. Agar foydalanuvchi iOS tizimidagi devaysiga boshqa brauzer o‘rnatsa ham, o‘sha ilova veb-sahifalarni Safari’ga integratsiya qilingan shaklda (Safari View Controller) ochadi. Bu esa, iPhone va iPad’lar baribir shaxsiy ma’lumotlaringizni Xitoyga jo‘natib turadi, deganidir.

O‘QING: Qanday qilib IP manzil bo‘yicha odamning qayerdaligini aniqlash mumkin?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!