iPhone va iPad’lardagi YouTube ilovasida reklamadan qutulishning bepul usuli

  •   DiMaX
  •  553
  •  20.06.2019 14:01

iPhone va iPad’lardagi YouTube ilovasida reklamadan qutulishning bepul usuli

YouTube servisi reklama ko‘rsatmasligi uchun unda pulli obunani rasmiylashtirish talab etiladi. Ammo Apple gadjetlari sohiblari uchun reklamani olib tashlashning bepul usuli ham mavjud.

O‘QING: iOS va Android smartfonlarida reklamadan butkul xalos bo‘lish

iOS uchun taqdim etilgan YouTube ilovasida reklamani yashirish uchun sizga Luna nomli VPN-ilova kerak bo‘ladi. iPhone yoki iPad’ingizga uni mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Luna dasturini yuklab olib o‘rnatgach, uni oching va taklif etilgan konfiguratsiyani ishonilgan VPN’lar ro‘yxatiga kiriting.

Endi mana bu havola yordamida uni ishlab chiquvchining saytiga o‘tib, Adblock Extension profilini yuklab oling.

Shundan so‘ng «Nastroyki» – «Profil zagrujen» degan joyiga kirib, yuklab olingan profilni o‘z qurilmangizga o‘rnatib oling.

Endi esa «Osnovnie» – «Ob ustroystve» – «Nastroyki doveriya sertifikatov» bo‘limiga o‘ting va Adblock Extension Root Certificate Authority profilini faollashtiring.

So‘ng iPhone yoki iPad’dagi YouTube ilovasini yoping va boshqatdan oching.

Bo‘ldi – endi unda istalgan bir videolavhani ochsangiz, reklamasiz tomosha qila olasiz.

O‘QING: YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!