iPhone va iPad’larning qaysilari iOS 13’gacha yangilanadi, qaysilari – yo‘q?

  •   DiMaX
  •  1294
  •  13.05.2019 12:21

iPhone va iPad’larning qaysilari iOS 13’gacha yangilanadi, qaysilari – yo‘q?

Apple o‘tgan yili iOS 12 operatsion tizimini taqdim etganida, o‘sha paytgacha iOS 11 talqinida ishlab kelayotgan barcha qurilmalar uchun yangilanish imkoni berilgan edi. Ammo iOS 13 versiyasini qabul qilish uchun qat’iyroq talablar qo‘yilmoqda.

O‘QING: Internetda allaqachon iOS 13 tizimli qurilmalar ko‘proq «qo‘lga tushmoqda»

iPhonesoft resursi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, 2014 yili taqdim etilgan Apple smartfonlari hamda so‘nggi ixcham ayfonlar iOS 13 operatsion tizim talqinigacha yangilanmaydi. Bular esa quyidagi modellardir:

  1. iPhone 5s
  2. iPhone SE
  3. iPhone 6
  4. iPhone 6 Plus

Apple planshetlaridan esa ikkitasi – iPad mini 2 hamda original iPad Air yangi versiyadagi operatsion tizimdan bebahra qoladi.

O‘QING: AnTuTu reytingi (2019 yil aprel): g‘olib – bulturgi iPad Pro, eng zo‘r iPhone esa – atigi beshinchi o‘rinda!

Shunday qilib, iOS 13 talqinigacha yangilanuvchi ayfon hamda aypadlar ro‘yxati quyidagicha:

  1. 2019 yili chiqadigan iPhone XI, iPhone XI Max hamda iPhone XR2
  2. iPhone XS Max
  3. iPhone XS
  4. iPhone XR
  5. iPhone X
  6. iPhone 8 Plus
  7. iPhone 8
  8. iPhone 7 Plus
  9. iPhone 7
  10. iPhone 6S
  11. iPhone 6S Plus
  12. iPad Pro 12.9 (2016 va 2017 yilgilari)
  13. iPad Pro 10.5
  14. iPad Pro 9.7
  15. iPad Pro 11 (2018)
  16. iPad Air 2
  17. iPad Air 3
  18. iPad 5
  19. iPad 6
  20. iPad Mini 4
  21. iPad Mini 3

Kupertinolik korporatsiya iOS 13 tizim talqinini dasturchilarga mo‘ljallangan WWDC 2019 konferensiyasi (Apple Worldwide Developers Conference) doirasida – 3 iyunda taqdim etishi kutilmoqda. Uning allaqachon bozorga chiqqan smartfonlari va planshetlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Beshta modeldagi ayfon tugatilib, iPhone 7 va iPhone 8’lar arzonlashyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.