iPhone va Mac’larni bittagina belgi yuborish bilan ishdan chiqarsa bo‘lar ekan!

  •   DiMaX
  •  1789
  •  17.02.2018 13:09

iPhone va Mac’larni bittagina belgi yuborish bilan ishdan chiqarsa bo‘lar ekan!

Apple texnikalari qanchalik ishonchli va baquvvat, ularning dasturiy ta’minoti mukammal bo‘lmasin, hatto uni ham osongina buzish yo‘llari uchrab turadi. Kuni kecha aniqlangan shunaqa usul o‘ta oddiy bo‘lib, u iPhone hamda Mac kompyuteridagi barcha jarayonlarni to‘xtatib qo‘yadi.

O‘QING: «Bayroq+0+kamalak» kombinatsiyasi iPhone`ni ishdan chiqarmoqda

Aniqlanishicha, iOS hamda macOS tizimli qurilmalarga Hindistonning telugu tilidagi bitta belgini xabar tarzida yuborib, ularni ishdan chiqarish mumkin ekan.

Agarda shu belgi iMessage yoki Telegram orqali yuborilsa, uni qabul qilgan qurilmada «Xabarlar» («Soobщyeniya») ilovasi ishdan chiqadi. Hatto Bildirishnomalar markazida belgicha paydo bo‘lishi orqali qurilmani umuman boshqarib bo‘lmay qolishi ham mumkin. Operatsion tizim mazkur belgini o‘zi mustaqil chiza olmaydi, natijada dasturiy ta’minot ishdan chiqadi.

Agarda bu belgini nusxalab olib Safari yoki Chrome manzil qatoriga tashlansa, brauzerda ham muammolar yuzaga keladi. Lekin Firefox brauzerida bu muammo kuzatilmagan – «qotil» belgi unga ta’sir etmagan.

O‘QING: Telegram orqali bitta xabar yuborish bilan smartfonni «o‘ldirish» yo‘li topildi

Mana, shu muammo haqidagi videolavhani tomosha qiling-da:

Mutaxassislarning yozishicha, ushbu muammoni hal etishning yo‘llaridan biri – yozishayotgan suhbatdoshdan yana bitta xabar yuborishini so‘rashdir. Shunda sizda o‘sha yozishayotgan ilovani ochish va u bilan bo‘layotgan suhbatni o‘chirib yuborish imkoni paydo bo‘ladi. Ammo bunda shu yozishmaning o‘zini aslo ochmaslik kerak!

Yaxshi xabar ham bor – iOS 11.3 hamda macOS 10.13.4 beta-versiyalari mazkur hindcha belgiga chidamli chiqdi. Bundan anglashiladiki, Apple allaqachon muammodan xabar topgan va uni bartaraf etish yo‘lini ham taqdim etgan.

O‘QING: Smartfonni "o‘ldiruvchi" xatolaringiz